Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Markaziy banki bir qator banklarni 102 million so‘mdan jarimaga tortdi

Markaziy banki bir qator banklarni 102 million so‘mdan jarimaga tortdi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan joriy yil sentyabr–oktyabr oylarida tijorat banklarining rasmiy veb-saytlari monitoringdan o‘tkazildi.

Monitoringning asosiy maqsadi — moliyaviy xizmatlar iste’molchilari uchun axborotlar oshkor etilishi bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilishini hamda foydalanuvchilarning to‘liq va ishonchli ma’lumot olish huquqi ta’minlanishni tekshirishdan iborat bo‘ldi.

Monitoring natijasida qator kamchiliklar va qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Jumladan, "O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga rioya etilmasdan ayrim banklarning veb-saytlarida ma’lumotlar davlat tilida joylashtirilmaganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, axborotlarni oshkor etish bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etilmagan holda ayrim banklarning veb-saytlarida kredit ta’minotiga qabul qilingan garov mulklarini kreditning asosiy qarzi qoldig‘iga mutanosib ravishda bosqichma-bosqich garovdan chiqarish tartibi joylashtirilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, Agrobank, Anor bank, Hayot bank, Universal bank, Garant bank, Asakabank, Turonbank, Infinbank, Mikrokreditbank, Trastbank, Madad Invest bank, Soderot bank, Orient Finans bank, Ipoteka-bank, Tenge bank, Ziraat bank Uzbekistan, AVO bank va Open bank kabi banklarning rasmiy veb-saytlarida yuqorida qayd etilgan tartib joylashtirilmaganligi kuzatildi.

Monitoring yakunlariga ko‘ra Markaziy bank tomonidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan banklarning har biriga nisbatan amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq 102 mln. so‘mdan jarima chorasi qo‘llanildi va aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda rasmiy veb-saytlardagi ma’lumotlarni qonunchilik talablariga to‘liq moslashtirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar yuborildi.

Markaziy bank barcha tijorat banklaridan:
- axborotlarni iste’molchilarga oshkor etishda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida»gi Qonun talablariga so‘zsiz rioya etilishi;
- rasmiy veb-saytlarda joylashtirilayotgan ma’lumotlarning to‘liqligi va dolzarbligi ta’minlanishi;
- rasmiy veb-saytlarda joylashtirilgan axborotlarni oshkor etishda iste’molchilarining to‘liq, ishonchli va tushunarli ma’lumot olish huquqi hisobga olinishi lozimgini qat’iy ravishda talab etadi.

Kiritildi: 08:40 11.11.2025. O'qildi: 1094 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!