Bu M6 telekanali va RTL radiostansiyasi buyurtmasi asosida Toluna Harris Interactive tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalaridan ma’lum bo‘ldi. Birinchi turning ko‘rib chiqilgan beshta ssenariysining barchasida o‘ta o‘ng siyosatchi Marin Le pen 35–38% ovoz to‘plamoqda.
Jan-Lyuk Melanshon 16–17% ovoz bilan aksariyat ssenariylarda ikkinchi o‘rinni egallamoqda. Bir ssenariyda u Eduar Filipp bilan bir xil, 17%, natija qayd etib, ikkinchi o‘rinni bo‘lishadi. Yana bir ssenariyda esa Filipp 19% bilan oldinga chiqib, Melanshon 17% natija qayd etadi.
So‘rovnoma 18–19 avgust kunlari saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan 1764 nafar saylovchi o‘rtasida o‘tkazilgan. Xatolik ehtimoli 1,4–3,1 foizni tashkil etadi. Fransiyada prezidentlik saylovining birinchi turi 2027 yil 18 aprel, ikkinchi turi esa 2 may kuniga belgilangan.