Bugun 16 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Maqom san’atining yirik namoyandalaridan biri Xadiya Yusupova 87 yoshida vafot etdi

Maqom san’atining yirik namoyandalaridan biri Xadiya Yusupova 87 yoshida vafot etdi

Xadiya Yusupova 1938 yil sentyabr oyida Namanganda tug‘ilgan. U 3 yoshidan qo‘shiq kuylashni boshlagan.

Professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist vafoti haqida O‘zbek milliy maqom san’ati markazi ma’lum qildi.

U 1956 yilda Moskvada o‘tkazilgan Yoshlar festivalida birinchi o‘rinni egallab, 1957-yilda O‘zbekiston davlat filarmoniyasiga ishga qabul qilingan. Keyinchalik O‘zbekiston radiosi qoshidagi ansamblda Berta Davidova va Kommuna Ismoilova kabi ustoz san’atkorlar bilan birgalikda faoliyat olib borgan.

1958 yilda Yunus Rajabiy rahbarligida tashkil etilgan “Maqom” ansambli tarkibida faoliyat yuritib, maqom san’atining bebaho durdonalarini chuqur o‘rganib, ularni yuksak mahorat bilan ijro etgan. Respublika radiosi va televideniyesida “Shohi belbog‘”, “Ko‘ngil ol”, “Savti Sabo” kabi ko‘plab mumtoz ashulalarni mohirona ijro etib, milliy musiqa oltin xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan.

1988 yildan boshlab Mannon Uyg‘ur nomidagi Toshkent davlat san’at institutida (hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti) an’anaviy ijrochilik yo‘nalishida yosh avlodga saboq berib, ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!