Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha qonun talablariga amal qilinishi holati yuzasidan tekshiruvlar olib borganini ma’lum qildi.
Ushbu jarayonda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazm, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari, shuningdek, Toshkent shahri qamrab olindi.
Tekshiruvlar natijasida 344 ta ma’muriy huquqbuzarlik holati aniqlandi. Ulardan:
Huquqbuzarlik holatlari Administrativ javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 193⁻⁴-moddasiga muvofiq rasmiylashtirilib, “E-maʼmuriy ish” tizimi orqali sudlarga yuborildi.
Manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgan holatlar sohalar kesimida:
Agentlik tomonidan bu kabi holatlarning oldini olish ishlari davom ettirilmoqda.