Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Trampning sabri tugab bormoqda...

Trampning sabri tugab bormoqda...

U Putin bilan suhbatlar urushni yakunlashga olib kelmayotganidan norozi, dedi AQSh Davlat kotibi.

Marko Rubioning Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytishicha, prezident Donald Tramp Ukrainada tinchlikka erishishni o‘zi uchun asosiy maqsad deb biladi.

"Menimcha, Vladimir Putin bilan yaxshi aloqalar va telefon suhbatlariga qaramay, bu hech qanday aniq natijaga olib kelmayotgani Trampning hafsalasini pir qilgan. Shuning uchun amaliy choralar ko‘rish vaqti keldi. Menimcha, prezident buni aniq bayon qildi. Trampning sabri tugab bormoqda, u Rossiyaning Ukrainadagi urushni to‘xtatishni uzoq vaqt kutib o‘tirishga tayyor emas", — deya ta’kidladi Davlat departamenti rahbari.

Rubioning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil yanvaridan beri Ukraina urushida Rossiya 100 ming nafardan ortiq askarini yo‘qotgan.

"Bu “qonli mojaro”, biroq ko‘plab muzokaralar vaqtdan yutish va tinchlikka qiziqish bor degan ko‘rinishni yaratishdan nariga o‘tmayapti. Prezident Donald Tramp “cheksiz muzokaralar tuzog‘iga tushishni” rejalashtirmayapti", — deya qo‘shimcha qildi Rubio.

Kiritildi: 20:48 27.07.2025. O'qildi: 951 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!