Bu yozda "Manchester Yunayted"da katta tozalash bo‘lishi mumkin. Daily Mail xabariga ko‘ra, qayta qurish doirasida 13 nafar futbolchi jamoani tark etishi mumkin. Ba’zilari ijaraga, ba’zilari esa sotilishi kutilmoqda.
"Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin bo‘lganlar orasida: Erik Bayi, Xarri Maguayr, Aleks Telles, Aaron Van-Bissaka, Donni van de Bek, Antoni Marsyal, Brendon Uilyams va yosh bir qator futbolchilar bor.
"Manchester Yunayted" hozirda APL turnir jadvalida 4-o‘rinda bormoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinni 13 aprel kuni – Yevropa ligasi doirasida “Sevilya”ga qarshi o‘tkazadi.