"Manchester Yunayted" o‘z maydoni — "Old Trafford"da Londonning "Vest Xem Yunayted" jamoasiga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu "qizil iblislar"ning joriy mavsumda Angliya chempionatining oliy divizionidagi 17-mag‘lubiyati bo‘ldi.
"Squawka" nashri xabar berishicha, "MYu" ilk bor so‘nggi 51 yil ichida Angliya chempionatida bir mavsumda 17 ta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchradi. Bundan tashqari, klub APL tarixida ikkinchi bor ketma-ket yettita o‘yinda g‘alaba qozona olmadi. Bunday holat so‘nggi marta 1992 yilda kuzatilgan. Shu tariqa, jamoa XXI asrdagi birdaniga ikki shaxsiy antirekord o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, 36 ta o‘yindan so‘ng "Manchester Yunayted" APL jadvalida 39 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda.