"Manchester Yunayted" vingeri Alexandro Garnacho Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Barselona" - "Inter" uchrashuvidan so‘ng Lamin Yamalni maqtadi.
Uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. 17 yoshli Yamal gol urdi va o‘z o‘yini bilan butun dunyo bo‘ylab ko‘plab odamlarni, jumladan, boshqa jamoalar o‘yinchilari, ekspertlar, murabbiylar va boshqalarni hayratda qoldirdi.
"Manchester Yunayted" futbolchisi Garnacho ham chetda qolmadi: "Dunyoning eng yaxshi futbolchisi," - deb izoh berdi argentinalik ispaniyalik yulduzning ijtimoiy tarmoqlardagi postiga.