Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

"Manchester Yunayted" Dibala bilan shartnoma imzolashga tayyor

"Manchester Yunayted" Dibala bilan shartnoma imzolashga tayyor

"Manchester Yunayted" klubi yarim himoyachi Paulo Dibalaning agenti bilan muzokaralar olib bormoqda.

Oldinroq argentinalik futbolchi deyarli "Inter" futbolchisiga aylangani, biroq kelishuv hali yakunlanmagani haqida xabar berilgandi.

O‘z navbatida, Krishtianu Ronalduning ketishi haqida xabarlar paydo bo‘lganidan so‘ng, "MYu" portugaliyalik futbolchiga o‘rinbosar izlay boshladi va hozirda erkin agent bo‘lgan Paulo Dibalaga e’tibor qaratdi.

Ayni damda ingliz klubi rahbariyati futbolchining agenti bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar bermoqda Sky Italia.

O‘tgan mavsumda Dibala A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 5 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 18:58 06.07.2022. O'qildi: 2671 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!