Bugun 18 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Yunayted" boshqaruviga kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

"Manchester Yunayted" boshqaruviga kutilmagan nomzod paydo bo‘ldi

"Manchester Yunayted"ning sobiq ustozi Maykl Karrik klubga qaytishi mumkin.

Mirror Football ko‘ra, "Manchester Yunayted" rahbariyati yaqin haftalarda iste’foga chiqarilishi mumkin bo‘lgan Ruben Amorim o‘rniga 44 yoshli Karrik nomzodini ko‘rib chiqmoqda.

Karrik 2018 yildan 2021 yilgacha "Manchester Yunayted"da bosh murabbiy yordamchisi bo‘lgan. Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning noyabridan dekabriga qadar ingliz "qizil iblislar" murabbiyi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritgan.

"Manchester Yunayted" 4 turdan so‘ng Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida 4 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: Bugun 16:38. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!