«Manchester Siti» Yana Diomande transferi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.
Sky Sport jurnalisti Filipp Xinse xabariga ko‘ra, ingliz klubi «RB Leypsig» hujumchi qanot o‘yinchisi uchun 100 million yevro taklif qilishga tayyor ekanini og‘zaki tarzda bildirgan.
Shu bilan birga, «shaharliklar» hali rasmiy taklif yo‘llamagan.
Bundan oldin «RB Leypsig» rahbariyati Diomande bo‘yicha «Liverpul» va «Real» tomonidan 100 million yevro atrofida kelib tushgan takliflarni rad etgani ma’lum qilingan.
PSJ3 hozircha futbolchi bo‘yicha rasmiy murojaat bilan chiqmagan.
O‘tgan mavsum Bundesligada Diomande 33 o‘yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi. Vingerning batafsil statistikasi havola orqali taqdim etilgan.