“Manchester Siti” o‘zining rasmiy sahifasi orqali yarim himoyachi Sverre Nyupan bilan shartnoma qilganini e’lon qildi.
18 yoshli norvegiyalik futbolchi “shaharliklar” bilan 2030 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Futbolchi “Rusenborg” klubidan kelib qo‘shildi.
“Men “Manchester Siti”ga o‘tganimdan juda xursandman. Bu klubning bir qismi bo‘lish va jahon darajasidagi iqtidorlar jamoasiga qo‘shilish har bir yosh futbolchining orzusidir”, - dedi Nyupan.
Eslatib o‘tamiz, futbolchi o‘tgan mavsum barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 15 million yevroga baholanmoqda.