Bugun 28 avgust, 2026 yil, juma

КИР

«Manchester Siti» yana bir yirik transfer e’lon qilishga tayyorlanmoqda

«Manchester Siti» yana bir yirik transfer e’lon qilishga tayyorlanmoqda

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes «Manchester Siti»ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda TyC Sports xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Manchester Siti» 25 yoshli argentinalik futbolchining transferi bo‘yicha London klubi bilan 140 million yevroga kelishuvga erishgan. Fernandes yangi jamoasi bilan 2032 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolashi kutilmoqda. Bitimni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.

Fernandes 2023 yilda «Benfika»dan «Chelsi»ga 121 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Shundan buyon u London klubi safida barcha musobaqalarda 170 ta uchrashuv o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: Bugun 09:55. O'qildi: 249 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!