Agar klub moliyaviy qoidabuzarlik uchun jazolansa, "Manchester Siti" yetakchisi Erling Xoland klubini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Defensa Central jurnalistlari xabar bermoqda.
Agar "shaharliklar"ga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilsa, "Real Madrid" vaziyatdan unumli foydalanish niyatida. Shu bilan birga, "Manchester Siti" o‘z to‘purari bilan faqat bir holatda xayrlashishga tayyor - agar klub Angliyaning quyi ligasiga tushib ketsa.
"Real Madrid" prezidenti Florentino Peres Xolandni sotib olish uchun 200 million yevro ajratishga tayyor.