«Manchester Siti» tarkibining umumiy qiymati, futbolchilarning transfer qiymatini baholashga ixtisoslashgan Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, 1,5 milliard yevroga yetdi. Navbatdagi yangilanish natijasida «shaharliklar» dunyodagi eng qimmat tarkibga ega jamoalar qatorida birinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Real» tarkibining qiymati ham 1,5 milliard yevroni tashkil etmoqda.
Mavsum boshida «Siti» futbolchilari orasida eng ko‘p qimmatlashganlar yarim himoyachilar Enso Fernandes va Rayan Sherki bo‘ldi. Ularning har ikkisi ham 20 million yevrodan qimmatladi. Umuman olganda, Manchester klubi tarkibining qiymati 66 million yevroga oshdi.
Transfermarkt versiyasi bo‘yicha 7 oktyabr holatiga eng qimmat tarkiblar top-5ligi:
1–2. «Real» — 1,5 mlrd yevro
1–2. «Manchester Siti» — 1,5 mlrd yevro
3. «Arsenal» — 1,38 mlrd yevro
4. «PSJ» — 1,36 mlrd yevro
5. «Barselona» — 1,3 mlrd yevro