Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" Rodrining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

"Manchester Siti" Rodrining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Angliyaning "Manchester Siti" klubi xo‘jayinlari ispaniyalik xavbek Rodri Ernandes bilan hamkorlikni uzaytirishdan manfaatdor, deb xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali.

Insayderga ma’lum bo‘lishicha, "shaharliklar" futbolchining mehnat shartnomasini 2029 yilning yarmigacha uzaytirmoqchi. Bundan tashqari, klub Rodrining maoshini oshirishga qaror qildi. U jamoaning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilaridan biriga aylanishi mumkin.

29 yoshli ispaniyalik "Manchester Siti" bilan 2027 yilning iyun oyi oxirigacha shartnoma majburiyatlariga ega. Rodrining bozor narxi 110 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 15:04 05.08.2025. O'qildi: 829 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!