Bugun 10 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" "Real" yulduzi bilan shartnoma imzolashi mumkin

"Manchester Siti" "Real" yulduzi bilan shartnoma imzolashi mumkin

"Manchester Siti" Rodrigo bilan shartnoma imzolashi mumkin.

Fabrisio Romanoning yozishicha, ingliz klubi bir nechta o‘yinchilari bilan xayrlashgach, "Real" vingeri transferini ko‘rib chiqmoqda. Xususan, Jek Grilish "Everton"ga ijaraga beriladi, Jeyms Maketi "Nottingem Forest"ga o‘tishga yaqin, Savio Moreyra esa "Tottenxem" tomonidan sotib olinishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola braziliyalik futbolchining uzoq vaqtdan beri muxlisi hisoblanadi.

Madridliklar futbolchi ketishni xohlasa, bunga ruxsat beradi. Klub transfer uchun taxminan 100 million yevro so‘raydi.

Rodrigo La Liganing o‘tgan mavsumida 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma bergan.

Kiritildi: 09:10 12.08.2025. O'qildi: 826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!