Seshanba va chorshanba kunlari Chempionlar Ligasi o‘tish bosqichining dastlabki o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Markaziy o‘yin Angliyada "Manchester Siti" va "Real" o‘rtasida kechadi. Mazkur uchrashuv hakamlari haqidagi ma’lumotlar UEFA rasmiy saytida e’lon qilindi.
Maydonda fransiyalik Kleman Tyurpen boshchiligidagi jamoa ish olib boradi. VAR'da Jerom Brizard AVAR'da esa Villi Delajo faoliyat olib boradi.