Bugun 13 mart, 2025 yil, payshanba

КИР

"Manchester Siti" qishki transferlarga 212 million yevro ishlatdi

"Manchester Siti" qishki transferlarga 212 million yevro ishlatdi

"Manchester Siti" ortda qolgan transfer oynasi davrida yangi futbolchilarga 212 million yevro sarfladi.

Transfer bozorida ancha faol bo‘lgan "shaharliklar" 4 ta transferni rasmiylashtirishdi.

"Shayxlar" himoyachilar Abduqodira Husanovni 40 million yevroga, Vitor Reysni 37 million yevroga sotib olgan bo‘lsa, yarim himoyachilar Omar Marmushni 75 million yevro, Niko Gonsalesni esa – 60 millionga xarid qildi.

Natijada, "Manchester Siti" qishki transfer oynasi davridagi xarajatlar bo‘yicha ikkinchi eng yirik ko‘rsatkichni qayd etdi.

Futbol tarixida qishda faqatgina "Chelsi" – 2023 yil yangi futbolchilarga 330 million yevro sarflagan.

Kiritildi: 14:08 04.02.2025. O'qildi: 620 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!