Abduqodir Xusanovning "Manchester Siti"dagi debyuti u darajada yaxshi bo‘lmadi. "Chelsi"ga qarshi o‘yinning uchinchi daqiqasidayoq O‘zbekiston terma jamoasi vakili to‘pni darvozabonga uzatishda xatoga yo‘l qo‘ydi va shundan so‘ng "Chelsi" "shaharliklar" darvozasini ishg‘ol qildi.
Tanaffusdan ko‘p o‘tmay, Husanov almashtirildi. Himoyachimiz maydonni tark etayotgan vaziyatda "Etihad Stadium"ga yig‘ilgan muxlislari uni olqishlashdi.
"Manchester Siti" muxlislari transferdan besh kun o‘tib, yuqori darajadagi jamoaga qarshi o‘yindayoq asosiy tarkibda maydonga tashlangan 20 yoshli futbolchimizni ijtimoiy tarmoqlar orqali ham qo‘llab-quvvatlashmoqda.