"Man Siti" mag‘lubiyatsiz seriyasini uzaytirdi.
Pep Gvardiola jamoasi APLning 34-turida "Aston Villa"ni mag‘lub etdi (2:1).
"Shaharliklar"ning mag‘lubiyatsiz seriyasi 7 o‘yindan iborat - 5 g‘alaba va 2 durang. Jamoa 61 ochko bilan musobaqa jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi.
Oldinda "Nottingem Forest"ga qarshi Angliya kubogi yarim final uchrashuvi bor. O‘yin 27 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.