"Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmush terma jamoa safida tizzasidan jarohat oldi.
Misr terma jamoasining 26 yoshli hujumchisi JCH-2026 saralashi doirasida Burkina-Fasoga qarshi o‘yin boshida jarohat oldi. U 9-daqiqada maydonni tark etishga majbur bo‘ldi.
Jurnalist Ismoil Mahmudga ko‘ra, Marmush tizzasidan jarohat olgan.
Joriy mavsumda Marmush Premyer-liganing uchta o‘yinida 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.