"Manchester Siti" markaziy himoyachisi Vitor Reys ijara asosida "Jirona"ga o‘tishga yaqin turibdi.
Jurnalist Fabrisio Romanoning yozishicha, klublar 19 yoshli futbolchi bo‘yicha kelishuv shartlarini allaqachon hal qilib bo‘lgan.
Tez orada braziliyalik futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Ispaniyaga yo‘l oladi, shundan so‘ng uning ijarasi tasdiqlanadi. "Manchester Siti" joriy yilning yanvar oyida Vitor Reysni Braziliyaning "Palmeyras" klubidan 37 mln yevroga sotib olgan edi. Istiqbolli futbolchining shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. U Xosep Gvardiola jamoasi safida 4 marta maydonga tushib, gol ura olmadi.