Bugun 22 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

«Manchester Siti» himoyachisi 5 haftaga safdan chiqdi

«Manchester Siti» himoyachisi 5 haftaga safdan chiqdi

Angliyaning «Manchester Siti» klubi himoyachisi Rayan Ait-Nuri yaqin vaqtlar ichida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ma’lum qilinishicha, 24 yoshli jazoirlik futbolchi to‘pig‘idagi jarohati sababli kamida 5 hafta maydonga tushmaydi.

Ushbu mavsumda Rayan Angliya Premyer-ligasida 3 ta o‘yin o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatmalar bilan ajralib turmadi.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transfer oynasida «shaharliklar» uni «Vulverxempton»dan qariyb 37 million yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib olgandi.

Kiritildi: 18:56 13.09.2025. O'qildi: 1086 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!