Bugun 4 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

«Manchester Siti» Federiko Valverde uchun katta summa to‘lashga tayyor

«Manchester Siti» Federiko Valverde uchun katta summa to‘lashga tayyor

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Federiko Valverde faoliyatini «Manchester Siti»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda «El Chiringuito» xabar bermoqda.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, «shaharliklar» yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida 90 million yevrolik taklif tayyorlamoqda. Ta’kidlanishicha, «Real» sardori «Manchester Siti»ning asosiy transfer nishonlaridan biriga aylangan.

Shu bilan birga, Orelyen Tchuameni bilan yuzaga kelgan ziddiyatdan so‘ng, Valverdening «Qirollik klubi»dagi kelajagi hozirgacha noaniq bo‘lib qolmoqda.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli Valverde barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 9 marta ishg‘ol qilgan va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: Bugun 13:54. O'qildi: 185 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!