Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

"Manchester Siti" yetakchisi yana jarohat oldi

"Manchester Siti" yetakchisi yana jarohat oldi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yarim himoyachi Rodrining muammolari haqida gapirdi.

"Oltin to‘p" sohibi o‘tgan yilning sentyabr oyidan joriy yilning may oyiga qadar xochsimon bog‘lami yirtilgani sababli safdan chiqqan edi. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda yarim himoyachi yangi jarohat oldi, u hali ham tiklanmagan.

"Rodri "Al-Hilol"ga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi, hozir uning ahvoli yaxshilandi. Umid qilamanki, xalqaro tanaffus yakunida [sentyabr oyida] u optimal shaklga kiradi. U Premyer-liganing keyingi o‘yinlarida bir necha daqiqa o‘ynashi mumkin, ammo biz uchun vaziyatni og‘irlashtirmaslik muhim. Biz iloji boricha ehtiyot bo‘lamiz," - deya "shaharliklar" bosh murabbiyi so‘zlarini keltiradi Manchester Evening News.

16 avgust kuni "Manchester Siti" APL-2025/26 1-turida "Vulverxempton"ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 10:30 09.08.2025. O'qildi: 1172 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!