"Manchester Siti" bugun Angliya Premyer-ligasining 36-turida "Sautgempton" mehmoni bo‘ladi.
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola ushbu o‘yinda jarohatlari sabab Natan Ake, Rodri va Jon Stouns xizmatlaridan foydalana olmaydi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi.