Bugun 19 sentyabr, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Siti" "Barselona"dan kamida 100 million yevro so‘raydi

"Manchester Siti" "Barselona"dan kamida 100 million yevro so‘raydi

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

The Sun xabariga ko‘ra, "shaharliklar" kelasi yozda norvegiyalik forvard uchun kamida 100 million yevro so‘raydi. Kataloniyaliklar agar futbolchi klubdan o‘zi ketishni so‘rasa, narx pasayishiga ishonmoqda.

25 yoshli yulduz hozirda Transfermarkt tomonidan 180 million yevroga baholanmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2034 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Kiritildi: 23:39 18.09.2025. O'qildi: 528 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!