Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

"Manchester Siti" asosiy raqobatchisini mag‘lub etdi, Husanov yana zaxirada qoldi

"Manchester Siti" asosiy raqobatchisini mag‘lub etdi, Husanov yana zaxirada qoldi

"Manchester Siti" o‘z maydonida APLning 34-turida "Aston Villa"ni mag‘lub etdi - 2:1.

Uchrashuvning 7-daqiqasida mezbonlar yarim himoyachisi Bernardu Silva hisobni ochdi. Uchrashuvning 18-daqiqasida mehmonlar forvardi Markus Reshford penaltidan unumli foydalandi.

Uchrashuvning 80-daqiqasida hakam "Manchester Siti" hujumchisi Omar Marmushning golini VAR aralashuvidan keyin bekor qildi - misrlik ofsaydda qolib ketdi. Uchrashuvning 90+4-daqiqasida mezbonlar vakili Mateus Nunes g‘alaba to‘pini kiritdi.

Hamyurtimiz Abduqodir Husanov zaxirada qoldirildi.

"Manchester Siti" 61 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. "Aston Villa" 57 ochko bilan yettinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 09:10 23.04.2025. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!