"Manchester Siti" vingeri Jeremi Doku yaqin oradagi o‘yinlarda jamoaga yordam bera olmaydi.
Pep Gvardiola 23 yoshli belgiyalik futbolchi mashg‘ulotlarda olgan jarohati sabab 3 haftani o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi.
Doku bu mavsumda jami 22 ta uchrashuvda 3 ta gol, 6 ta assist amalga oshirdi.
"Shaharliklar" navbatdagi o‘yinini 18 dekabr kuni "Brentford"ga qarshi Angliya liga kubogi chorak finali doirasida o‘tkazadi.