Bugun 9 may, 2025 yil, juma

КИР

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni YECHL ro‘yxatidan o‘tkazdi

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovni YECHL ro‘yxatidan o‘tkazdi

“Manchester Siti“ klubi qishda tarkibga kelib qo‘shilgan 3 nafar futbolchini Yevropa chempionlar ligasi uchun ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Jumladan, UYEFA Chempionlar ligasida yangilangan ro‘yxatni taqdim etish uchun so‘nggi muddat kecha tunda o‘z yakuniga etdi.

Klublarga guruh bosqichi yakunlangach, 3 nafar yangi futbolchini musobaqa ro‘yxatidan o‘tkazishga ruxsat berilgan edi. “MS“ ushbu imkoniyatdan unumli foydalanib, Omar Marmush, hamyurtimiz Abduqodir Husanov hamda Niko Gonsalesni ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Endi ular 11 fevral kuni “Etihad“ stadionida va 19 fevral kuni safarda “Real“ga qarshi o‘tadigan pley-off uchrashuvlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Kiritildi: 14:17 08.02.2025. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!