Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi

Xabaringiz bor, UYEFA Chempionlar Ligasida pley-off bahslaridan avval klublar qaydnomaga o‘zgartirishlar kiritishi mumkin.

Qishki transfer oynasida faol bo‘lgan va o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovni o‘z tarkibiga qo‘shib olgan "Manchester Siti" ham bu ishni amalga oshirdi.

Shuningdek, "Siti" Husanovdan tashqari Vitor Reis hamda Omar Marmushni ham qaydnomaga qo‘shgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tish bahslarida "shaharliklar" "Real Madrid" bilan ro‘baro kelishadi. Mazkur to‘qnashuvning birinchi o‘yini 11 fevral tunda Manchesterda bo‘lib o‘tadi.

"Manchester Siti" Abduqodir Husanovni Chempionlar Ligasi pley-off bosqichi uchun qaydnomaga kiritdi

Kiritildi: 16:03 04.02.2025. O'qildi: 3239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!