Bugun 20 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Manchester Siti» 2026/2027 mavsum uchun uy formasini taqdim qildi (foto)

«Manchester Siti» 2026/2027 mavsum uchun uy formasini taqdim qildi (foto)

Angliyaning «Manchester Siti» klubi Puma brendi bilan hamkorlikda 2026/2027 mavsum uchun uy formasini rasman taqdim etdi: «G‘ayrioddiy “Siti”!».

Klub rasmiy saytida qayd etilishicha, forma dizayn klubning yillar davomida g‘ayrioddiyni oddiy holga aylantirgan uzluksiz intilishini aks ettiradi. Futbolka osmonrang gradiyentda ishlangan bo‘lib, yelka qismida rang to‘qroq, pastga tushgan sari esa yengillashib boradi. Shuningdek, metallsimon monoxrom logotip va homiy elementlari bilan to‘ldirilgan.

«Dizayn rivojlanishni, doim oldinga harakat qiladigan va hech qachon to‘xtamaydigan klubni ifodalaydi», — deyiladi klub bayonotida.

So‘nggi tur oldidan «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasida 37 o‘yindan so‘ng 78 ochko to‘plab, jadvalning ikkinchi pog‘onasini egalladi. Jamoa yetakchi «Arsenal»dan 4 ochko ortda qoldi.

«Manchester Siti» 2026/2027 mavsum uchun uy formasini taqdim qildi (foto)

Kiritildi: Bugun 16:08. O'qildi: 246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!