Bugun 20 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Manba: Mbappe Vinisius va Rodrigoning ketishini istamoqda. Kilian ularning o‘rniga futbolchi tanlab qo‘ygan

Manba: Mbappe Vinisius va Rodrigoning ketishini istamoqda. Kilian ularning o‘rniga futbolchi tanlab qo‘ygan

Yulduz hujumchi Kilian Mbappe bilvosita «Real»ning transfer rejalariga aralashmoqda. Fransiyalik futbolchi klub yozda Vinisius Junior va Rodrigodan voz kechishini istamoqda. U o‘z pozisiyasini «qaymoqranglilar» rahbariyatiga allaqachon ma’lum qilgan, deb xabar bermoqda «El Nacional».

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, Mbappe «Real» yuqorida tilga olingan braziliyaliklar o‘rniga «Bavariya»dan Maykl Oliseni sotib olishiga umid qilmoqda. Olise Kilianning hamyurti hisoblanadi: ularning ikkalasi ham fransiyalik.

Avvalroq OAVda Olisening xizmatlariga «Real»dan tashqari «Barselona» ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: Bugun 14:03. O'qildi: 347 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!