Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Toshkentda fuqaroni chet elga noqonuniy jo‘natishga uringan ayollar ushlandi

Toshkentda fuqaroni chet elga noqonuniy jo‘natishga uringan ayollar ushlandi

Toshkent shahrida yosh ayolni chet davlatga aldash yo‘li bilan jo‘natishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Bu haqda Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, Davlatobod tumani va Namangan shahrida yashovchi ikki nafar ayol oldindan til biriktirgan holda, turmushidan ajragan yosh ayollarni chet davlatga, xususan, Turkiyaga yuborishga harakat qilayotgani haqida tezkor ma’lumot olingan.

Aniqlanishicha, ular Yangi Namangan tumanida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan qizni turli va’dalar va yolg‘on ma’lumotlar orqali ishonchiga kirib, Toshkent xalqaro aeroporti orqali Turkiyaning Anqara shahriga jo‘natishga uringan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mutasaddi idoralar fuqarolarni chet elda yuqori daromadli ish va’dalarini tekshirmasdan ishonmaslikka, shubhali takliflar yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga chaqirmoqda.

Kiritildi: Bugun 20:34. O'qildi: 349 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!