Ekspertlar Yevropaning 29 mamlakatida chikungunya virusi tarqalishi xavfidan ogohlantirdi — The Guardian .
Global isishni o‘rganayotgan Britaniya ekologiya va gidrologiya markazi ekspertlari shunday xulosaga keldi. Olimlarning bildirishicha, ilgari chikungunya faqat issiq mamlakatlarda tarqalgan, chunki uni issiqlikni yaxshi ko‘radigan Aedes chivinlari tashiydi. Endi bunday chivinlar nafaqat Afrika, Osiyo va Amerikaning tropik mintaqalarida, balki Yevropada ham tobora ko‘proq uchramoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, chikungunya behollik va bo‘g‘imlarda kuchli og‘riqlarni keltirib chiqaradi. Virus bolalar va keksalarda o‘limga olib kelishi mumkin. Kasallikdan tuzalganlarning 40 foizi besh yildan keyin ham artritdan aziyat chekmoqda. So‘nggi yillarda chikungunya bilan kasallanishning kam sonli holatlari Yevropaning 10 ta davlatida qayd etilgan.
The Guardian 2025 yilda Fransiya va Italiyada chikungunya bilan kasallanishning yuzlab holatlari sodir bo‘lganini, Buyuk Britaniya va Germaniyada virus tashuvchi chivinlar topilganini, ammo hozircha kasallik avj olmaganini yozmoqda.
Hozirgi iqlim sharoitida Ispaniya, Portugaliya, Italiya va Gresiyada chivinlar orqali chikungunya bilan kasallanish yiliga 6 oydan ortiq davom etishi mumkin. Belgiya, Fransiya, Germaniya, Shveyiariya va Yevropaning yana o‘nlab boshqa mamlakatlarida esa bu xavf yiliga 3–5 oy davom etadi, deb olimlar ogohlantirdi.