Bugun 18 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Manba: Katanes yordamchilari O‘FAdan 350 ming AQSh dollari undirib olmoqchi

Manba: Katanes yordamchilari O‘FAdan 350 ming AQSh dollari undirib olmoqchi

O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanesning O‘zbekiston terma jamoasidagi uch nafar yordamchisi O‘zbekiston futbol assosiasiyasini sudga bermoqchi.

Mutaxassislar FIFA nizolarni hal qilish palatasiga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, ularda taxminan 350 ming yevro qarz borligini da’vo qilishadi. Ularning shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar tuzilgandi, biroq Fabio Kannavaro murabbiylar shtabi kelishi bilan bitim to‘xtatilgan.

Yordamchilarga yoshlar terma jamoalari bilan ishlash imkoniyatini taklif qilishdi, biroq shartnoma bir necha yillardan buyon jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rgan terma jamoa uchun tuzilgani uchun ular rad javobini berishdi.

Kiritildi: 17:52 17.10.2025. O'qildi: 1033 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!