Bugun 18 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

«Man Siti» 60 million yevroga ispaniyalik futbolchini sotib olmoqda

«Man Siti» 60 million yevroga ispaniyalik futbolchini sotib olmoqda

«Manchester Siti» rahbariyati «Portu» yarimhimoyachisi Niko Gonsalesning transfer ishlarini yakunlash arafasida.

CNN Portugal xabariga ko‘ra, 23 yoshli yarimhimoyachi bo‘yicha muzokaralar yakuniy pallasiga yaqinlashmoqda. Tomonlar kelishuvga erishish arafasida turibdi.

Qayd etilishicha, «shaharliklar» Portugaliya klubiga transfer uchun 60 million yevro to‘laydi. Bungacha manchesterliklar 40 mln yevro taklif qilgan, «Portu» esa 60 mln yevro so‘rayotgan edi.

Insayder Fabrisio Romanoga ko‘ra, futbolchi tez orada Angliyaga kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Qayd etish joiz, transfer uchun «Portu»ga to‘lanadigan 60 mln yevro mablag‘ning 40 foiziga «Barselona» ega chiqadi. Kataloniya klubi 2024 yilda Nikoni 8,4 mln yevroga «Portu»ga sotib, keyingi transferning 40 foiz qismiga egalik qilish haqida bandni kelishuvga kiritgandi.

Ma’lumot uchun, Gonsales joriy mavsum Portugaliya chempionatida 17 o‘yinda 5ta gol va 3ta assistga erishgan.

Kiritildi: 22:14 03.02.2025. O'qildi: 1346 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!