Bugun 22 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Ma’muriy hujjatlar ustidan sudsiz shikoyat qilish mumkin: Prezidentdan yangi qaror

Ma’muriy hujjatlar ustidan sudsiz shikoyat qilish mumkin: Prezidentdan yangi qaror

“Huquqiy eksperiment tariqasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq ma’muriy hujjatlar bo‘yicha nizolarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-188-son, 19.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi qonunchilikka muvofiq bo‘lmagan ma’muriy hujjatlarini sudgacha bo‘lgan bosqichda apellyasiya kengashlari tomonidan ko‘rib chiqish tartibi joriy etilmoqda.

Quyidagilar tasdiqlandi:

Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom;

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyasiya kengashlarining namunaviy tarkibi.

Apellyasiya kengashlari Vaqtinchalik nizomda nazarda tutilgan 20 dan ortiq davlat xizmatlari yuzasidan qabul qilingan ma’muriy hujjatlarning qonunchilik hujjatlariga muvofiqligini sudgacha ko‘rib chiquvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan kollegial organlar hisoblanadi.

Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi tegishliligiga ko‘ra apellyasiya kengashlarining ishchi organlari hisoblanadi.

Apellyasiya kengashlari ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqish orqali ularni qisman yoki to‘liq bekor qilish, shuningdek, ma’muriy hujjatlarga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha ma’muriy organga majburiyat yuklash haqida qarorlar qabul qilish vakolatiga ega.

Apellyasiya kengashlari o‘z faoliyatini davlat organlari, boshqa tashkilotlar va mansabdor shaxslardan mustaqil ravishda amalga oshiradi.

Kiritildi: 18:03 20.05.2025. O'qildi: 536 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!