Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Mamlakatni tark etgan belaruslar chet elda ovoz bera olmaydi

 Mamlakatni tark etgan belaruslar chet elda ovoz bera olmaydi



Bu haqda 24 oktyabr kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi raisi Igor Karpenko ma’lum qildi.

"Chet elda saylov uchastkalarini tashkil etish Belarus qonunchiligida ko‘zda tutilmagan. Belarusdan tashqarida istiqomat qiluvchilar ovoz berish uchun mamlakatga kelishlari kerak", —dedi Karpenko.

Xorijdagi belaruslar 2020 yildan keyin, hukumat 2022 yilgi referendum va 2024 yilgi deputatlar saylovi paytida Belarus diplomatik vakolatxonalarida saylov uchastkalarini yaratishdan bosh tortganidan keyin ovoz berish huquqidan mahrum bo‘ldi.

“Belstat” Belarus Respublikasining qancha fuqarolari mamlakatdan tashqarida yashashi to‘g‘risida ma’lumot e’lon qilmaydi. Mutaxassislarning fikricha, 2020 yilda beri Belarusni 300 mingdan ortiq odam tark etgan bo‘lishi mumkin.

Kiritildi: 21:29 24.10.2024. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!