Bugun 30 aprel, 2025 yil, chorshanba

КИР

Ma’lumotlarni shifrlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Ma’lumotlarni shifrlash to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi

Xalq vakillari umumxitoy majlisi XXR tarixida ilk bor ma’lumotlarni shifrlash to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Bu haqda "Sinxua" agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, hujjat 2020 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Qonunga muvofiq, hukumatning tegishli organlari kriptografik standartlarni nazorat qiladi.  

Agentlikning bildirishicha, qonun davlat tuzilmalari, kompaniyalari va xususiy shaxslarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar sizib chiqishining oldini olish maqsadida qabul qilindi.  

Qonunga asosan, hukumat kriptografiya sohasida malakali mutaxassislar tayyorlanishini rag‘batlantiradi.

Kiritildi: 20:17 26.10.2019. O'qildi: 1704 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!