Bugun 21 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Malika Diana va malika Sharlottaning o‘xshashligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda (foto)

A A A
Malika Diana va malika Sharlottaning o‘xshashligi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda (foto)

Albatta, malika Sharlotta hamda malika Diananing o‘xshashligida hech qanday ajablantiradigan narsa yo‘q, chunki u malika Diananing nabirasi.

Buvisining ba’zi bir yuz xususiyatlarni o‘ziga meros qilib olganligi ham mantiqan to‘g‘ri. Biroq, shuni alohida ta’kidlash joizki, shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning qizalog‘i ulg‘aygani sari buvisiga ikki tomchi suvdek o‘xshamoqda.

Bundan tashqari, qirol oilasi muxlislari hatto "Sharlotta va Diana bir umrga" deb nomlangan Instagram profilini ham yaratdilar, u erga malikalarning suratini joylab muhokama qilmoqdalar. “Uning ko‘zlari xuddi Diananikidek”. Axir bu kichkina Diana-ku! “Ular juda ham o‘xshash” kabi so‘zlarni yozishmoqda internet foydalanuvchilari.

Kiritildi: 06:46 23.07.2018. O'qildi: 3382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!