Malida radikal guruhlarning hujumi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda France24 xabar berdi.
Mahalliy rasmiylarga ko‘ra, mamlakat markazidagi olti qishloqqa uyushtirilgan hujumlar oqibatida kamida 20 kishi qurbon bo‘lgan, o‘nlab odamlar yaralangan. Bundan tashqari, uylarga o‘t qo‘yilgan.