Bugun 22 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

46 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi trassada qolib ketdi

46 nafar o‘zbekistonlik Qozog‘istondagi trassada qolib ketdi

21 dekabrga o‘tar kechasi Qozog‘istonning Oqto‘ba viloyatidagi trassada ichida 50 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus buzilib qoldi. Bu haqda “ORDA” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Samara-Chimkent yo‘lining Irgiz tumanidan o‘tgan qismida yo‘lovchi avtobusning buzilishi oqibatida odamlar kuchli sovuqda qolib ketgan. Ularning 46 nafari O‘zbekiston fuqarolari, yana 6 nafari Tojikiston fuqarolaridir.

Biroz muddat yo‘lovchilar kuchli sovuqda qolgan. Keyinchalik ular Irgiz tumanidagi issiq boshpanaga yuborilgan.

“Yo‘lovchilardan hech kim tibbiy yordam so‘rab murojaat qilmagan”, deyiladi Qozog‘iston FVB xabarida.

Kiritildi: 23:15 21.12.2024. O'qildi: 1073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!