Slovakiya bosh vaziri Robert Fiso Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy unga yopiq eshiklar ortida kelishuv taklif qilganini aytdi. Fiso ma’lumotlariga ko‘ra, Zelenskiy Ukrainaning NATOga kirishini qo‘llab-quvvatlash uchun ovoz berish evaziga muzlatilgan Rossiya aktivlaridan Slovakiyaga 500 million yevro o‘tkazishga tayyor edi.
“Men unga Slovakiya gaz tranzitida yiliga 500 million yevro yo‘qotishini aytdim va u bizga 500 million yevro bersa, Ukrainaning NATOga a’zoligini qo‘llab-quvvatlaymanmi, deb so‘radi. Albatta, men hech qachon dedim, - dedi Fiso.
Bryusselda bo‘lib o‘tgan YEI sammitida Zelenskiy Yevropaning Moskvaga qaramligidan qochish uchun Rossiya gazi tranzitini to‘xtatish rejalarini tasdiqladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, taqiq Rossiyadan kelayotgan barcha gaz oqimlariga, jumladan, qayta sotishning mumkin bo‘lgan sxemalariga ham tegishli.
Avvalroq Slovakiya Ukrainaning NATOga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan Fiso Zelenskiyni Yevropaning energetik xavfsizligini xavf ostiga qo‘yganlikda ayblab, bu pozisiyani keskin qoraladi.