Seshanba holatiga ko‘ra, shimoli-sharqiy musson mavsumida favqulodda vaziyatlar tufayli Malayziyada 18 ming kishi xavfsizroq joylarga evakuasiya qilindi. Tabiiy ofatdan 10 ta shtat jabr ko‘rdi, deb xabar beradi Sinxua axborot agentligi.
Bir necha kunlardan beri tinimsiz yog‘ayotgan yomg‘ir tufayli Kelantanda suv toshqinlari sababli 9700 kishi evakuasiya qilindi. Ular yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan 40 ta yordam lageriga joylashtirildi.
Qattiq jabr ko‘rgan boshqa hududlar qatoriga Selangor shtati kiradi. U yerdan 2718 kishi va Perak shtatidan 2881 kishi ko‘chirilgan.
Malayziya hukumati bosh kotibi Shamsul Azriya Abu Bakarning aytishicha, hukumat suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarga turli mutaxassislar va materiallar jo‘natgan.
Ta’lim vaziri Vrnge Ka Vo mussonlar milliy imtihonlarga to‘sqinlik qilmasligini ma’lum qildi, chunki vaziyatni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar ko‘rilgan.
Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim matbuot anjumani chog‘ida tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy agentligining suv toshqinlariga tayyorgarligi qoniqarli darajada ekanini aytdi.