Malayziyaning Petronas davlat energetika kompaniyasi tomonidan boshqariladigan gaz quvuridagi yong‘in oqibatida 145 kishi kasalxonaga yotqizildi.
Bu haqda Bernama davlat agentligi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar bermoqda.
Ulardan 41 nafari shifoxonadan chiqarilgan.
Reuters xabariga ko‘ra, yong‘in tushdan keyin o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jami 305 kishi jabrlangan, jumladan, 190 kishining uyi shikastlangan.