Bugun 10 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Malayziya qirg‘oqlarida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi

Malayziya qirg‘oqlarida muhojirlar qayig‘i cho‘kib ketdi

6-noyabr kuni Malayziyaning Langkavi oroli qirg‘oqlarida muhojirlar bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi. Hodisa natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yuzlab odamlar bedarak yo‘qoldi. Bernama agentligining xabariga ko‘ra, o‘n nafar yo‘lovchi tirik qolgan.

Malayziya dengiz xavfsizligi agentligi (MMEA) ma’lumotlariga ko‘ra, kemada taxminan 300 muhojir bo‘lgan, ular Myanmaning Butxidaung tumanidan jo‘nab ketgan bo‘lishi mumkin.

Rasmiylar hodisani odam savdosi bilan bog‘liq gumon bilan tekshirishayapti va mamlakatga noqonuniy kirishga qarshi choralar kuchaytirilayotganini ta’kidladi.

Hozirda halokat joyida keng qamrovli qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida Myanma va Bangladeshdan dengiz orqali o‘z manzillariga yetib borishga urinayotgan muhojirlar ko‘pincha xavfli dengiz sharoitida fojiali hodisalarga duch keladi.

Kiritildi: 14:18 09.11.2025. O'qildi: 218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!