Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlarni qurishi mumkin

Malayziya kompaniyasi O‘zbekistondagi daryo va kanallarda kichik GESlarni qurishi mumkin

O‘zbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomiddin Gadoyev ushbu mamlakatning Malakoff Corporation Berhad kompaniyasi bosh ijrochi direktori Anvar Shaxrin Abdul Ajib bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Malayziya tomoniga O‘zbekistonda “yashil” energiya sanoati istiqboli, ayniqsa gidroenergiya bo‘yicha foydalanilmayotgan ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Malayziya tomoniga respublika hududlarida daryo va kanallarda kichik gidroelektr stansiyalarini qurish hamda yirik quvvatli gidroinshootlarni barpo etish loyihalarini amalga oshirish taklif etildi.

Anvar Shaxrin Abdul Ajibning aytishicha, kompaniya Malayziyadagi eng yirik mustaqil energiya ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi. Umumiy quvvati 8782 MVt bo‘lgan issiqlik va 173 MVt qayta tiklanuvchi elektr stansiyalariga egalik qiladi.

“O‘zbekistonda ’yashil’ energiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar menda katta taassurot qoldirdi. Mamlakatingiz erishgan natijalar va ulkan rejalardan ilhomlanib, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganish uchun joriy yilda O‘zbekistonga borishni rejalashtiryapmiz”, degan u.

Malakoff Corporation Berhad kompaniyasi 1975 yil 9 oktyabrda tashkil etilgan. Uning asosiy faoliyati elektr energiyasi ishlab chiqarish, sho‘r suvni chuchuklashtirish, ekspluatasiya va texnik xizmat ko‘rsatish hamda chiqindilarni boshqarishdan iborat.

Kiritildi: 22:05 13.04.2025. O'qildi: 568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!