Xabaringiz bor, Xalq ta’limi vaziri Baxtiyor Saidov 2022-2023 o‘quv yilida yagona maktab formasi joriy etilishi yuzasidan ma’lumot bergandi. Unga ko‘ra, 2022 yil sentyabr oyidan yangi o‘quv yilida ota-onalar uchun yagona formani xarid qilishga majburiy talab qo‘yilmaydi va maktabga yagona formada kelmagan o‘quvchilarga nisbatan hech qanday e’tirozlar bildirilmaydi. Shunga qaramay ota-onalar maktab formasi xarid qilishga majburlangani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuror matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov bu haqda xabar bermoqda.
Ma’lumotga ko‘ra, poytaxtdagi maktablarning birida maktab formasi sotib olinishi shartligi bo‘yicha prokuratura xodimlari tilxat yozdirganligi aytilgan xabar yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.